Bugun
28
O'zbek

Frenki de Yong Messining JCH-2026dagi o‘yini haqida: «Bu meni hayron qoldirmadi»

Futbol
27 iyun, 05:03
Niderlandiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Argentina terma jamoasi hujumchisi o‘yini haqidagi fikr bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Frenki de Yong Messining JCH-2026dagi o‘yini haqida: «Bu meni hayron qoldirmadi»
Foto: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Frenki de Yong Argentina yetakchisi Lionel Messining 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yo‘q, Messining hali ham shu darajada o‘ynayotganidan hayron emasman. Messi bu Messi — tarixdagi eng yaxshisi, shu sababli bu meni hayron qoldirmadi», — deya de Yongning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Diario Ole.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 2-turidan o‘rin olgan Avstriya bilan o‘yinda (2:0) Messi dubl qayd etib, mundiallardagi 18-golini rasmiylashtirdi. Argentinalik futbolchi, shuningdek, JCH-2026 to‘purarlar poygasida 5 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati 19-iyulgacha davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar