Bugun
28
O'zbek

Bielsa: «Bizda salohiyat bor edi, ammo men jamoani mundialgacha bo'lgan darajasida o'ynata olmadim»

Futbol
27 iyun, 00:30
Urugvay bosh murabbiyi Ispaniyaga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Bielsa: «Bizda salohiyat bor edi, ammo men jamoani mundialgacha bo'lgan darajasida o'ynata olmadim»
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Urugvay Urugvay 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Urugvay milliy jamoasi bosh murabbiyi Marselo Bielsa jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yin (0:1) haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

«Keskin kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Bizda golli vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Biz uchun juda og'ir bahs kechdi».

Fernando Musleraning birinchi bo'limdan keyin almashtirilgani haqida

«Uning o'zi maydonni tark etishga qaror qildi va almashtirishni mendan so'radi».

Urugvay musobaqani tark etishi haqida

«Bizda salohiyat bor edi, ammo men jamoani mundialgacha bo'lgan darajasida o'ynata olmadim», — dedi Bielsa.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar