Bugun
28
O'zbek

JCH-2026. Skaloni Iordaniyaga qarshi bahsda Messining asosiy tarkibda maydonga tushmasligini ma'lum qildi

Futbol
26 iyun, 23:30
Leo hozirda 5 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. Skaloni Iordaniyaga qarshi bahsda Messining asosiy tarkibda maydonga tushmasligini ma'lum qildi
Foto: Championat.com
27.06.2026, 22:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Iordaniya Iordaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jahon chempionati guruh bosqich 3-turidan o'rin olgan Iordaniyaga qarshi bahsda jamoa sardori Lionel Messining asosiy tarkibda maydonga tushmasligini ma'lum qildi.

«Ertaga maydonga tushadigan futbolchilar bu imkoniyatga munosib ekanini isbotlagan. Ular jamoamizning bir qismi va umumiy jarayonimizning muhim ishtirokchilari. Biz erishgan ko'plab yutuqlarda aynan shu futbolchilarning hissasi katta.

Ular asosiy tarkibga kirmaganida ham ertasi kuni mashg'ulotga birinchi bo'lib kelishadi. Imkoniyat tuzilishi bilan ularga o'yin vaqti beraman.

Bu shunchaki o'ynamayotgani uchun emas, balki bunga munosib bo'lgani uchun. Ular ajoyib futbolchilar», — dedi Skaloni Ole nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, Messi hozirda 5 ta gol bilan jahon chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Avvalroq Lionel faoliyatini yakunlash niyatida emasligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Iordaniya Iordaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar