Bugun
28
O'zbek

Iroq o'z tarixidagi jahon chempionatlarida o'tkazgan barcha 6 o'yinda mag'lubiyatga uchradi

Futbol
27 iyun, 00:00
Umumiy to'plar farqi — 2:16.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Iroq o'z tarixidagi jahon chempionatlarida o'tkazgan barcha 6 o'yinda mag'lubiyatga uchradi
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Senegal Senegal 5 : 0 Iroq Iroq

Iroq milliy jamoasi o'z tarixidagi jahon chempionatlarida o'tkazgan barcha 6 uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi.

Davom etayotgan jahon chempionati guruh bosqich 3-turida Greym Arnold shogirdlari Senegalga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bundan avval Iroq Norvegiya (1:4) va Fransiyaga (0:3) ham mag'lub bo'lgandi. Jamoa I guruhida so'nggi o'rinni egallab, musobaqa bilan xayrlashdi.

Shu tariqa, Iroq milliy jamoasi jahon chempionatlari tarixida o'tkazgan barcha 6 uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Umumiy to'plar farqi — 2:16.

Qayd etish lozim, iroqliklar jahon chempionatida ikki marta qatnashgan bo'lib, ilk ishtirokini 1986 yilda o'tkazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Senegal Senegal
  • Iroq Iroq
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar