Live
1
O'zbek

Saloh Eronga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Futbol
27 iyun, 05:32
Misr milliy jamoasi sardori guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida jarohat oldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Saloh Eronga qarshi o‘yinda jarohat oldi
Foto: Getty Images

Misr milliy jamoasi yetakchisi Muhammad Saloh 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 3-tur doirasidagi Eronga qarshi bahsda (1:1) jarohat sabab 57-daqiqada zaxiraga olindi.

Misr milliy jamoasi texnik direktori 34 yoshli hujumchining tizza osti payida muammolar aniqlanganini tasdiqladi. Misr futbol assotsiatsiyasi o‘yinchiga jarohatning og‘irligini aniqlash chuqur tibbiy ko‘rik tayinlanganini ma’lum qildi. Tiklanish muddatlari haqida hozircha ma’lumot berilmadi.

Misr milliy jamoasi 5 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, Misrliklarning 1/16 final bosqichidagi raqibi Avstraliya milliy jamoasi bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar