Live
7
O'zbek

Muslera: «Sport ba’zan juda ko‘p narsa beradi, ba’zida — barchasini olib qo‘yadi»

Futbol
27 iyun, 06:03
Urugvay milliy jamoasi darvozaboni mundialda yo‘l qo‘ygan xatolari uchun kechirim so‘radi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Muslera: «Sport ba’zan juda ko‘p narsa beradi, ba’zida — barchasini olib qo‘yadi»
Foto: Getty Images
26.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Urugvay Urugvay 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Urugvay milliy jamoasi kiperi Fernando Muslera jahon chempionati-2026da yo‘l qo‘ygan xatolari uchun kechirim so‘radi. Darvozabonning guruh bosqichining turli o‘yinlaridagi 3 ta qo‘pol xatosi jamoaning pley-offga chiqish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Urugvay Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi, yagona gol yana Musleraning xatosidan keyin qayd etildi. Darvozabon tanaffus vaqtida bosh murabbiy Marselo Biyelsadan ikkinchi bo‘limga tushirmaslikni o‘zi so‘ragan.

«Men hech qachon qiyinchiliklardan qochmaganman — doimo muammoga tik qaraganman. Men uchun mana shu barcha urugvayliklar bilan gaplashib olish uchun imkoniyat. Sport menga shunchalik azob berishini tasavvur ham qilmagandim — ayniqsa, tayyorgarlik jarayonida bajarilgan ish ko‘lami, mehnatdan keyin. Kiyinish xonasida yigitlarga ham, barcha biroz tinchlanib olgach, aynan shu narsani aytdim.

Bugun, ko‘rilgan uzoq tayyorgarligimga qaramay, jahon chempionatida munosib o‘yin ko‘rsata olmaganimdan afsusdaman. Jamoadoshlarim oldida va butun Urugvay xalqi oldida kechirim so‘rayman, ammo mening so‘zlarimning o‘zi, katta ehtimol, bu holatda yetarli bo‘lmaydi.

Hozir men eng yaqin insonlarim bilan qolishim, bor kuchimni jamlab, oldinga harakat qilishda davom etishim kerak. Sababi sport va bu pozitsiya shunday: ba’zan u juda ko‘p narsa beradi, ba’zida — barchasini olib qo‘yadi. Men duch kelgan qiyinchiligimni qabul qilib, oldinda kutayotgan barchasiga tayyor bo‘lishim muhim», — deya golkiper so‘zlarini keltiradi TyC Sports.

Ma’lumot uchun, Urugvay milliy jamoasi H guruhida uchinchi o‘rinni egallab, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Saudiya Arabistoni (1:1) va Kabo-Verde bilan durang (2:2) urugvayliklarga 2 ochko jamg‘arish imkonini berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar