Live
3
O'zbek

Tuxel: «Saka ilk daqiqalardan maydonga tushishga tayyor, Jeyms o‘yinni o‘tkazib yuboradi»

Futbol
27 iyun, 08:15
Angliya milliy jamoasi ustozi guruh bosqichining so‘nggi o‘yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tuxel: «Saka ilk daqiqalardan maydonga tushishga tayyor, Jeyms o‘yinni o‘tkazib yuboradi»
Foto: Getty Images
27.06.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama - : - Angliya Angliya

Bugun tunda Angliya milliy jamoasi jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 3-turi doirasidagi Panamaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jurnalistlar savollariga javob berar ekan tajribali mutaxassis futbolchilarning holati haqida ham gapirib o‘tdi.

Jarohatlangan Ris Jeyms haqida:
«Umid qilamizki, u keyingi bahsda bizga yordam bera oladi. Jarohat jiddiy bo‘lib chiqishi mumkin, ammo hozircha umid bor. Qolgan futbolchilar bo‘lajak bahsga to‘liq tayyor».

Rays va Anderson haqida:
«Elliot va Deklan safda. Ularning ikkisi ham umumiy guruhda shug‘ullandi. Ganaga qarshi o‘yindan keyin kichik muammolar yuzaga kelgandi, lekin tiklanish uchun vaqt yetarli bo‘lib chiqdi. Aytganimdek Ris Jeymsdan boshqa barcha futbolchilarimiz safda va jangga tayyor».

Bukayo Saka haqida:
«Mana bir necha kundirki, u og‘riqlar va har qanday noqulayliklardan to‘liq forig‘ bo‘ldi. U o‘ynashga, ilk daqiqalardan maydonga tushishga tayyor».

Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy jamoasi Xorvatiyani (4:2) mag‘lubiyatga uchratib, Gana bilan durang (0:0) o‘ynadi va 4 ochko bilan L guruhida yetakchilik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar