Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez Kolumbiyaga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kolumbiyaga qarshi o'yinga tayyorgarligimiz mart oyida, Meksikaga qarshi uchrashuvdan keyinyoq boshlangan edi. Mayami da 13 ta mashg'ulot o'tkazdik va rejamiz shu yerda qolib, maydon hamda stadion sharoitlariga moslashgan holda uchrashuvga tayyorlanish edi. Bu biz eng puxta tayyorlangan o'yin hisoblanadi", — dedi Martinez FIFA rasmiy saytiga.
Ma'lumot uchun, Portugaliya – Kolumbiya o'yini Toshkent vaqti bilan soat 04:30da start oladi.