Live
2
O'zbek

Tuxel Panama bilan bahs oldidan Angliya tarkibidagi yo‘qotish haqida gapirdi

Futbol
27 iyun, 15:43
Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuxel deyarli barcha futbolchilar o‘yinga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Tuxel Panama bilan bahs oldidan Angliya tarkibidagi yo‘qotish haqida gapirdi
Foto: Getty Images
29’ Jahon chempionati (JCH-2026) Panama Panama 0 : 0 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionati L guruhi 3-turidan o‘rin olgan Panama bilan bo‘lajak bahs oldidan jamoa tarkibi haqida ma'lumot berdi. Uning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.

Tuxel Deklan Raysning bitta sariq kartochka olgan taqdirda diskvalifikatsiya xavfi ostida ekani haqida ham fikr bildirdi.

«Bu Deklan Raysning maydonga tushishi borasidagi qarorimizga ta'sir qiladimi? Ha ham, yo‘q ham. U bunday vaziyatni boshqarish uchun yetarlicha tajribaga ega. Albatta, biz buni hisobga olamiz. Agar u asosiy tarkibda maydonga tushsa, men odatda uni maydonda ko‘rishni istayman va u bu vazifani uddalaydi.

Elliot Anderson to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi. Deklan Rays ham to‘liq mashg‘ulotlarda qatnashdi. Gana bilan bahsdan keyin ularda kichik noqulayliklar bor edi, ammo tiklanish uchun yetarli vaqt bo‘ldi. Ris Jeymsdan tashqari barcha futbolchilar o‘ynashga tayyor. Yakuniy qarorni keyinroq qabul qilamiz», — dedi Tuxel.

Ikki turdan so‘ng Angliya milliy jamoasi 4 ochko bilan L guruhi peshqadami bo‘lib turibdi. Gana ham 4 ochkoga ega, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xorvatiya 3 ochko bilan uchinchi, Panama esa ochkosiz holda so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. Angliya va Panama o‘rtasidagi bahs 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Panama Panama
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar