Ispaniya milliy jamoasi hujumchilari Yeremi Pino va Niko Uilyams jahon chempionati 3-turida Urugvayga qarshi o'yindan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, tekshiruv natijalari dastlab kutilganidan ijobiyroq chiqqan.
Pinoda yelka suyagi atrofidagi sinish holati aniqlanmadi. U yelka bo'g'imining akromioklavikulyar qismi cho'zilishi bilan bog'liq jarohat olgan. Nikoda esa o'ng oyoqning yaqinlashtiruvchi mushagi jarohati qayd etilgan.
Qayd etilishicha, har ikki futbolchida ham mundialning keyingi bosqichlarida Ispaniya milliy jamoasiga yordam berish imkoni saqlanib qolmoqda.
Bu holat jamoa musobaqaning keyingi bosqichlarigacha yetib borgan taqdirda amalga oshishi mumkin.