Live
5
O'zbek

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi uchun JCH yakunlangan bo‘lishi mumkin

Futbol
27 iyun, 09:30
Yeremi Pino jiddiy jarohat oldi va mundialning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi uchun JCH yakunlangan bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda BBC Sport xabar berdi.

Ispaniya milliy jamoasi va «Kristal Pelas» vingeri Yeremi Pino jahon chempionati-2026 qolgan qismini jarohat sabab o‘tkazib yuborishi mumkin. Futbolchi Urugvayga qarshi bahsda (1:0) o‘mrov suyagini sindirib olgan bo‘lishi mumkin.

Futbolchi 66-daqiqada Aleks Baenaning o‘rniga maydonga tushdi. Asosiy vaqt yakunlanishiga yaqin u chap yelkasi bilan noqulay tarzda yiqildi. Shifokorlar yordamidan keyin kuchli og‘riqqa qaramay, futbolchi o‘yinni davom ettirdi. Bu paytga kelib Ispaniya barcha o‘zgarishlarni amalga oshirib bo‘lgani tufayli Pino maydonda final hushtagiga qadar harakat qildi.

Bugun, 27 iyun kuni vinger chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tadi va bir qator tahlillar topshiradi. O‘mrov suyagi sinishi uni JCH-2026 oxirigacha safdan chiqaradi.

Ma’lumot uchun, 7 ochko jamg‘argan Ispaniya pley-off bosqichiga birinchi o‘rindan chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar