Live
8
O'zbek

Terri Ronaldu haqida: «Ajoyib futbolchi va la’nati yolg‘onchi»

Futbol
27 iyun, 11:31
Angliyalik sobiq himoyachi portugaliyalik forvard haqida fikr bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Terri Ronaldu haqida: «Ajoyib futbolchi va la’nati yolg‘onchi»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi sobiq sardori Jon Terri hazil tariqasida Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni yolg‘onchi deb atadi. Bunga esa futbolchining jurnalist Pirs Morganning jismoniy holati haqida aytgan gapi sabab bo‘lgan.

Jahon chempionati 1-turidagi omadsizlikdan keyin 41 yoshli Ronalduni himoya qilishga uringan Pirs portugaliyalik bir marta uning jismoniy holatini maqtaganini yodga oldi. «Tvitterdagi sahifamda video bor, unda Ronaldu menga qarab shunday degan: «Ha, sening jismoniy holating (pressing) ajoyib», — bo‘lishdi Morgan.

Shu payt studiyada bo‘lgan Terri lahza o‘tmay, bunga munosabat bildirdi. «U ajoyib futbolchi va la’nati yolg‘onchi», – deya uning so‘zlarini keltiradi A Bola.

Ma’lumot uchun, JCH‑2026 1-turida Kongo DR (1:1) darvozasiga yo‘l topa olmagan Ronaldu 2-turda O‘zbekiston milliy jamoasi bilan bahsda (5:0) dubl rasmiylashtirdi.

Bugungi yangiliklar