Live
5
O'zbek

«Rubin» Jahongir O'rozov bilan shartnoma imzolashi mumkin - manba

Futbol
27 iyun, 12:40
U 2024 yildan beri «Dinamo» klubida to'p tepib keladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Rubin» Jahongir O'rozov bilan shartnoma imzolashi mumkin - manba
Фото: Getty Images

«Dinamo» va O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov faoliyatini «Rubin»da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi insayder Ivan Karpov.

Manbaga ko'ra, Qozon klubi 22 yoshli markaziy himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda. Klublar muloqotda va narx borasida kelishishga urinishmoqda.

Karpov O'rozovni niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligtga taqqosladi.

«Yigit De Ligtni juda eslatadi. Xuddi shunday «kvadrat», agressiv, ko'pincha oldinga o'ynaydi va o'z kuchini ishlatadi. Shu bilan birga, unga moslashuvchanlik va pozitsiyaviy savodxonlik yetishmaydi. Umuman olganda, bu 190 santimetrlik himoyachi uchun oddiy holat. Ayniqsa, ancha yosh himoyachi uchun. Munosib murabbiylik ishi bilan bu kamchiliklarni yo yashirish yoki tajriba bilan butunlay bartaraf etish mumkin, — dedi insayder.

Ma'lumot uchun, Jahongir O'rozov «Bunyodkor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024 yildan beri «Dinamo» klubida to'p tepib keladi.

Bugungi yangiliklar