Live
1
O'zbek

Nazorat oʻyini. "Surxon" "Metallurg"dan ustun keldi

Futbol
27 iyun, 13:18
Bekoboddagi bahsda jami 5 ta gol urildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Nazorat oʻyini. "Surxon" "Metallurg"dan ustun keldi
Фото: Сурхон ПФК

Termizning "Surxon" klubi nazorat uchrashuvida "Metallurg"ga qarshi oʻynadi.

Bekobodda kechgan bahsda Anvar Gʻofurov jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Termiz klubi safida gollar Farrux Qodirov, Stefan Chinedu (dubl) hisobiga yozildi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, "Surxon"ning 14 kun davom etgan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari yakunlandi. Futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqishadi.

Nazorat oʻyini
Metallurg – Surxon 2:3
Gollar
: Farrux Qodirov, Stefan Chinedu (dubl).

Bugungi yangiliklar