Live
1
O'zbek

Viyeyra: «Kone hozir Fransiyaning eng yaxshi yarimhimoyachisi»

Futbol
27 iyun, 12:55
Afsonaviy futbolchi Chuameni va Rabioni tanqid qilib, Konega yuqori baho berdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Viyeyra: «Kone hozir Fransiyaning eng yaxshi yarimhimoyachisi»
Foto: Getty Images

Fransiya va «Arsenal»ning sobiq yarimhimoyachisi Patrik Viyeyra «Roma» a’zosi Kuadio Koneni ayni paytda Fransiyaning eng kuchli markaziy yarimhimoyachisi deb atadi.

«U «Roma» safida A Seriyada juda yaxshi mavsum o‘tkazdi. Jahon chempionatiga esa bir necha jarohatlardan so‘ng yetib keldi.

Men uchun u hozir Fransiyaning eng yaxshi yarimhimoyachisi. Men uni Orelyen Chuameni va Adrien Rabiodan ham yuqori qo‘yaman. Chunki u juda harakatchan, agressiv, to‘pni yaxshi olib qo‘yadi va texnik jihatdan yuqori saviyaga ega. U hujumlarni boshlay oladi, to‘pni oldinga olib chiqadi va raqib himoya chiziqlarini yorib o‘tishni biladi.

Menga «ishchi ot» degan ta’rif yoqmaydi. Ha, u to‘pni olib qo‘yishda kuchli, ammo unda boshqalarda yo‘q fazilat bor — u oldinga o‘ynashni yaxshi biladi.

Ba’zida Chuameni hafsalani pir qiladi. U juda ko‘p orqaga yoki yon tomonga pas beradi. Koneda esa oldinga uzatmalar ko‘proq», — dedi Viyeyra.

Ma’lumot uchun, Kuadio Kone o‘tgan mavsum «Roma» safida A Seriyada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi. JCH-2026da esa Fransiya milliy jamoasi safida 2 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar