Bugun
28
O'zbek

Grinvud "Roma"ga o'tishni xohlamoqda

Futbol
27 iyun, 13:48
"Marsel" Meyson uchun taxminan 55 million yevro talab qilmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Grinvud "Roma"ga o'tishni xohlamoqda
Фото: Getty Images

"Marsel" hujumchisi Meyson Grinvud faoliyatini qayerda davom ettirish bo'yicha o'zining ustuvor variantini tanladi.

Corriere dello Sport ma'lumotiga ko'ra, angliyalik 24 yoshli futbolchiga "Fenerbaxche", "Al Hilol" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.

Biroq futbolchining o'zi Rim klubiga o'tishni afzal ko'rmoqda va "bo'rilar"dan yangi taklif kutmoqda.

"Marsel" Grinvud uchun taxminan 55 million yevro talab qilmoqda. Ushbu summaning 40 foizi esa futbolchining avvalgi klubi — "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'ladi.

Kutilishicha, yaqin vaqt ichida "Roma" 45–50 million yevro atrofida rasmiy taklif yuboradi.

Grinvud o'tgan mavsum "Marsel" safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda qatnashib, 26 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar