"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Elyakim Mangala murabbiylik faoliyatida yangi bosqichni boshlamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Mangala Frantsiyaning "Sent-Etyen" klubi murabbiylar shtabiga qo'shiladi. U jamoa bosh murabbiyi Yan Katruga yordamchi sifatida faoliyat olib boradi.
Mangala futbolchilik faoliyati davomida "Portu", "Manchester Siti", "Valensiya", "Everton" va "Sent-Etyen" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Hozirda "Sent-Etyen" Frantsiyaning Liga 2 chempionatida ishtirok etmoqda. Yangi mavsumda yana yuqori divizionga qaytishni maqsad qilgan.