«Vest Hem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandes tez orada jamoasini oʻzgartirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, portugaliyalik 21 yoshli futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted» yetakchilik qilmoqda.
Qayd etilishicha, «Tottenhem» futbolchi uchun juda yaxshi taklif bilan chiqqan boʻlsa-da, «qizil iblislar» kelishuvga yaqin. Tomonlar oʻrtasida hozirda faol muzokaralar davom etmoqda.
Shuningdek, «Real» klubi ham Fernandes boʻyicha ma'lumot so‘ragan. Biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning asosiy transfer maqsadi «Chelsi» yarimhimoyachisi Enzo Fernandes ekani ta'kidlanmoqda.
Fernandes oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.