«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning o'tgan mavsumdagi omadsiz ishtiroki hamda yangi bosh murabbiy Andoni Iraola haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Nima bo‘lganini bilmayman. Vaziyatni baholash uchun klubga yetarlicha yaqin emasman. Bir yil avval ular chempion bo‘lganidan juda xursand bo‘lgandim, ammo keyingi mavsumda nima noto‘g‘ri ketganini bilmayman.
O‘ylashimcha, klubda o‘tgan mavsumdan deyarli hech kim mamnun emas edi. Buni ko‘rish qiyin emas. Shunga qaramay, jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va bu ham muhim yutuq.
Endi esa yangi murabbiy Andoni Iraola bilan hammasini boshidan boshlash mumkin. U ham Arne Slot singari kuchli mutaxassis. Ammo jamoa shakllanishi uchun vaqt va biroz omad ham kerak bo‘ladi.
O‘tgan mavsum oldidan «Liverpul»da hech kim kutmagan fojea yuz berdi va bunday vaziyatni yengib o‘tish juda qiyin. Men aniq nima bo‘lganini bilmayman, ammo o‘sha mavsum ortda qoldi. Endi klub kelajakka qarashi mumkin», — dedi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, Klopp tilga olgan fojea «Liverpul» futbolchisi Diogu Jotaning fojiali vafoti bilan bog‘liq edi.