"Atletiko" Li Kang Inni o'z safiga qo'shib olish arafasida.
Marca nashrining yozishicha, Madrid klubi "PSJ" bilan transfer bo'yicha muzokaralarni yakunlashga juda yaqin. Koreyalik 25 yoshli yarimhimoyachining transferi "matraschilar"ga taxminan 35 million yevroga tushishi kutilmoqda.
Li Kang In yozgi transferlar oynasida "Atletiko"ning dastlabki ikki yangi futbolchisidan biri bo'lishi kerak. Shuningdek, klub Aleks Grimaldonni "Bayer"dan 20 million yevro evaziga sotib olishga ham yaqin. Bundan tashqari, klub yana boshqa kelishuvlarni ham amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Li o'tgan mavsumda Liga 1da 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Unga La Liga begona emas — o'z vaqtida "Valensiya" va "Malyorka"da harakat qilgan.
"Atletiko" Li Kang In bilan kelishuvga erishdi
Futbol
28 iyun, 16:25
Koreyalik yarimhimoyachi La Ligaga qaytadi.
Foto: Getty Images