Bugun
11
O'zbek

Postekoglu Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘ldi

Futbol
28 iyun, 17:11
Avstraliyalik mutaxassis Stiv Klarkning o‘rnini egallashi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Postekoglu Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘ldi
Foto: Getty Images

Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy da'vogar sifatida Ange Postekogluning nomi tilga olinmoqda.

talkSPORT xabariga ko‘ra, avstraliyalik mutaxassis milliy jamoani boshqarish uchun eng asosiy nomzod hisoblanmoqda.

Mazkur lavozim JCH-2026 yakunlanganidan so‘ng Stiv Klark iste'foga chiqqach bo‘shab qoldi. Shotlandiya guruh bosqichida 3 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Manbaga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxatida «Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes, Stiven Neysmit va Barri Fergyuson ham bor.

Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi yangi bosh murabbiyni sentabr oyida start oladigan UEFA Millatlar ligasi boshlanishidan avval tayinlashni rejalashtirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
Bugungi yangiliklar