Live
2
O'zbek

JCH-2026. Shotlandiya pley-offga chiqa olmagandan so'ng bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

Futbol
27 iyun, 21:05
Klark jamoani 2019 yildan beri boshqarib kelayotgandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. Shotlandiya pley-offga chiqa olmagandan so'ng bosh murabbiyni iste'foga chiqardi
Foto: Getty Images

Shotlandiya milliy jamoasi jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qotdi.

Bu Xorvatiyaning 3-turda Ganani 2:1 hisobida mag'lub etganidan keyin ma'lum bo'ldi. Xorvatiyaliklar 6 ochko bilan L guruhida 2-o'ringa ko'tarildi, Gana esa 4 ochko bilan 3-pog'onadan joy oldi.

Shotlandiya Braziliya, Marokash va Gaiti bor bo'lgan C guruhida 3-o'rinni egalladi. Jamoa 3 ochko to'pladi, to'plar nisbati esa –3 bo'ldi. Bu natija shotlandiyaliklarga guruhlarda 3-o'rinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa qatoriga kirish imkonini bermadi.

Xorvatiya – Gana uchrashuvi yakunlanganidan so'ng Stiv Klark bosh murabbiylik lavozimini tark etganini ma'lum qildi. U Shotlandiya milliy jamoasini 2019 yildan beri boshqarib kelayotgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shotlandiya Shotlandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar