Bugun
11
O'zbek

JCH-2026. Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DRning pley-off bosqichidagi raqiblari ma'lum

Futbol
27 iyun, 22:00
Mundialda K guruhining barcha uchrashuvlari yakunlandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DRning pley-off bosqichidagi raqiblari ma'lum
Foto: Getty Images

Jahon chempionatida K guruhining barcha uchrashuvlari yakunlandi.

So'nggi turda O'zbekiston milliy jamoasi Kongo DRga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi, Portugaliya esa Kolumbiya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Shu tariqa, Kolumbiya va Portugaliya milliy jamoalari pley-off bosqichidagi raqiblarini bilib oldi. Portugaliyaliklar Xorvatiya bilan to'qnash kelsa, kolumbiyaliklar Ganaga qarshi maydonga tushadi. Kongo DR esa Angliya bilan kuch sinashadi.

Ma'lumot o'rnida, Portugaliya – Xorvatiya uchrashuvi 3 iyul kuni bo'lib o'tadi. Kolumbiya – Gana bahsi esa 4 iyul sanasiga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar