Bugun
11
O'zbek

Ronaldu jahon chempionatlari o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi

Futbol
27 iyun, 22:50
Bu borada Messi peshqadam bo‘lib turibdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Ronaldu jahon chempionatlari o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi
Foto: Getty Images
27.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kolumbiya Kolumbiya 0 : 0 Portugaliya Portugaliya

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kolumbiyaga qarshi bahs (0:0)da jahon chempionatlari doirasidagi 25-uchrashuvini o‘tkazdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lothar Matteusga yetib oldi. Bu haqda OptaJose statistik portali xabar berdi.

Endi Ronaldu Matteus bilan birga turnir tarixida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu borada faqat Argentina milliy jamoasi futbolchisi Lionel Messi ulardan oldinda bormoqda. Uning hisobida 28 ta uchrashuv mavjud.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu jahon chempionatida Ronaldu hozirga qadar 3 ta o‘yinda ishtirok etib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Portugaliya Portugaliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar