Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatida ketma-ket 7 uchrashuvda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Messi Iordaniyaga qarshi bahs (3:1)da ham raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'ziga xos rekord o'rnatdi. Bungacha jahon chempionatlari tarixida hech bir futbolchi bunday natija qayd etmagandi.
Shuningdek, Lionel jahon chempionatlaridagi gollari soni bo'yicha o'z rekordini ham yangiladi. Endi uning hisobida 19 ta gol bor. Bu orqali u 16 tadan gol urgan Miroslav Klose va Kylian Mbappeni ortda qoldirmoqda.