Bugun
11
O'zbek

JCH-2026. Messi guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi (WhoScored)

Futbol
28 iyun, 03:15
Kuchli uchlikka Holand va Mbappe yakun yasagan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. Messi guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi (WhoScored)
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi WhoScored statistik portali tomonidan 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

39 yoshli argentinalik futbolchi 3 ta o'yinda 6 ta gol urib, o'rtacha 8,92 baho oldi. Reytingda 2-o'rinni Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand (8,87), 3-o'rinni esa Fransiya milliy jamoasi yulduzi Kylian Mbappe (8,33) egalladi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Vinisius Junior (Braziliya, 8,29) va Usmon Dembele (Fransiya, 8,16) ham o'rin oldi.

Qayd etish lozim, Messi to'purarlik poygasida ham peshqadam bo'lib turibdi. U guruh bosqichining so'nggi turida Iordaniyaga qarshi bahs (3:1)da zaxiradan maydonga tushib, jarima zarbasidan gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar