Kongo DR milliy jamoasi o'z tarixida ilk bor jahon chempionati pley-off bosqichiga yo'l oldi.
Sebastian Desabr boshchiligidagi jamoa 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqich 3-turida O'zbekistonni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Bu afrikaliklar uchun jahon chempionatlari tarixidagi ilk g'alaba bo'ldi.
Bunga qadar Kongo DR Portugaliya bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan va Kolumbiyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. Shu tariqa, jamoa 4 ochko bilan K guruhida 3-o'rinni egalladi.
Qayd etish lozim, kongoliklar pley-off bosqichida Angliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.