Bugun
11
O'zbek

Kannavaro: "Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo'ldi"

Futbol
27 iyun, 22:25
O'zbekiston bosh murabbiyi Kongo DRga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kannavaro: "Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo'ldi"
Foto: UFA
27.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi 3 : 1 O‘zbekiston O‘zbekiston

O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi bahs (1:3)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda juda ko'p energiya sarfladik. Bugungacha bizning jismoniy samaradorligimiz yaxshi edi, bugun ham jismoniy tomondan yaxshi harakatlandik.

Raqibimiz ham jismoniy tomondan yaxshi shakllangan jamoa edi. Biz o'yindan oldin to'pni nazorat qilmasak qiyin bo'lishini bilardik. Ikkinchi bo'limda xatolar qildik va shu sababli gollar o'tkazib yubordik.

Bugun birinchi taymni juda ham yaxshi boshladik, ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda esa xatolar qila boshladik.

Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo'ldi. O'ylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi.

Albatta, futbolchilar bilan juda ko'p muloqot qildim. Guruhimizda ham kuchli jamoalarga qarshi o'ynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz.

Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo'lidan kelgan hammasini qildi va men ulardan faxrlanaman", — dedi Kannavaro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar