Bugun
11
O'zbek

UEFA jahon chempionati pley-off bosqichida eng ko'p jamoaga ega konfederatsiyaga aylandi

Futbol
28 iyun, 02:00
Musobaqaning 1/16 final bosqichiga Evropaning 13 ta milliy jamoasi yo'llanma oldi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
UEFA jahon chempionati pley-off bosqichida eng ko'p jamoaga ega konfederatsiyaga aylandi
Foto: Getty Images

UEFA jahon chempionati pley-off bosqichida eng ko'p jamoaga ega konfederatsiyaga aylandi.

Musobaqaning 1/16 final bosqichiga Evropaning 13 ta milliy jamoasi yo'llanma oldi. Ular Shveytsariya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Ispaniya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Portugaliya, Angliya, Xorvatiya, Shvetsiya hamda Bosniya va Gertsegovina hisoblanadi.

Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF)dan pley-offga 9 ta jamoa chiqdi: Marokash, Jazoir, Senegal, Gana, Misr, Kot-d’Ivuar, Kabo-Verde, JAR va Kongo DR.

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL)dan 5 ta milliy jamoa guruhdan chiqdi: Braziliya, Paragvay, Ekvador, Argentina va Kolumbiya.

CONCACAFdan AQSH, Kanada va Meksika pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC)dan Avstraliya va Yaponiya keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Avvalroq 1/16 final bosqichining barcha juftliklari aniqlangani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar