Bugun
11
O'zbek

Islom Ahmedov: "Taktik ishlanmalarimizni ko'zdan kechirib olganimiz foydali bo'lyapti"

Futbol
28 iyun, 17:30
"Andijon" ustozining o'rtoqlik bahsidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Islom Ahmedov: "Taktik ishlanmalarimizni ko'zdan kechirib olganimiz foydali bo'lyapti"
Foto: FC Andijon

“Andijon” bosh murabbiyi Islom Ahmedov “Dinamo” BFSO (7:1) jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsidan keyin oʻz fikrlarini bildirdi.

"O'yinga keladigan bo'lsak, asosiy maqsad jamoamizning taktik ishlanmalarini ko'zdan kechirish edi. Yoqqan tomoni — futbolchilarimiz 100 foiz borlarini berib to'p tepishdi. Yakunda natija yirik ko'rinish hosil qildi.

Yigitlarning professionalliklaridan xursandmiz. Oldinda uchta jiddiy raqib bilan o'yinimiz kutib turibdi. Bugungi bahsda taktik ishlanmalarimizni ko'zdan kechirib olganimiz foyda bo'ladi",
— deya murabbiyning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar