Kanada milliy jamoasi himoyachisi Alfonso Devis JCH-2026ning 1/16 finalida JARga qarshi uchrashuvda (1:0) maydonga tushib, turnir tarixidagi o‘ziga xos rekord muallifiga aylandi.
Shu tariqa, Devis JCH-2026da ishtirok etgan 1000-futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» himoyachisi guruh bosqichi bahslarini jarohatidan to‘liq tiklanish uchun o‘tkazib yuborgandi. JARga qarshi uchrashuv uning ushbu mundialdagi ilk o‘yini bo‘ldi.
1/8 final bosqichida Kanada milliy jamoasi Niderlandiya va Marokash o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma'lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi. Argentinaliklar 2022 yilgi mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan.