Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Kanada milliy jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Bellashuvning asosiy vaqti davomida jamoalar darvozani ishg‘ol qila olmadi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan 90+2-daqiqada Stiven Estakio aniq zarba yo‘llab, Kanada milliy jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Endi Kanada 1/8 finalda Niderlandiya – Marokash juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. 1/16 final
JAR – Kanada — 0:1
Gol: Estakio 90+2.
JAR: Uilyams, Mudau, Okon, Mbokazi, Modiba, Mokoena, Sitxole, Maseko (Moremi, 86), Mofokeng (Mbata, 46), Appollis, Makgopa (Reyners, 86).
Kanada: Krepo, Jonston, Bombito (Sigur, 59), Kornelius, Laryea, Byukenen (Devis, 75), Saliba (De Fujerol, 59), Estakio, Millar (Shaffelburg, 70), Oluvaseyi (Promis Devid, 70), Jonatan Devid.