Robert Levandovski "Chikago Fayr"ga o'tish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Transfer masalasi to'liq hal bo'lgan. Rasmiy hujjatlar yaqin 24 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.
"Barselona" va "Bavariya"ning 37 yoshli sobiq hujumchisi MLS klubi safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Levandovskiy o'tgan mavsumda La Ligada 31 o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgani va yana 2 ta golga assistentlik qilgani ma'lum.
Levandovski - "Chikago Fayr" futbolchisi (Romano)
Futbol
28 iyun, 14:19
Polshalik hujumchi yaqin 24 soat ichida MLS klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Foto: Getty Images