Live
2
O'zbek

Malo Gyusto «Manchester Siti»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Futbol
28 iyun, 14:59
Endi klublar transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Malo Gyusto «Manchester Siti»ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi va Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Malo Gyusto faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishga rozi bo‘ldi.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi «shaharliklar» safiga qo‘shilishga rozilik bergan. U yangi mavsumdan boshlab jamoani boshqaradigan Entso Mareska qo‘l ostida yana ishlaydi.

Endi tomonlar transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim. «Chelsi» o‘z futbolchisi uchun 50–55 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Malo Gyusto Fransiya terma jamoasi bilan JCH-2026da ishtirok etmoqda. «Uchranglilar» 1 iyul kuni 1/16 final bosqichida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar