Live
2
O'zbek

«Real» Fernandes transferi bo‘yicha muzokaralarni faollashtirmoqda

Futbol
28 iyun, 05:33
Madrid klubi londonliklarning argentinalik yarimhimoyachisi xizmatlariga qiziqishda davom etmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Real» Fernandes transferi bo‘yicha muzokaralarni faollashtirmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesni o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Jurnalist Fabio Gattoning xabar berishicha, Madrid klubi argentinalik transferi bo‘yicha muzokaralarni yanada faollashtirgan. Hozirda muzokaralar ancha oldinga siljigani va «qaymoqranglilar» yakuniy kelishuvga erishish ustida ishlayotgani aytilmoqda. Fernandes «Real»ning yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor nomzodlaridan bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Enso Fernandes «Chelsi»ga «Benfika»dan 2023-yilda 121 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2032-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda futbolchi London klubi safida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar