Live
2
O'zbek

Neymar Braziliyaning pley-off bosqichiga chiqqani munosabati bilan ikki tilda post qoldirdi

Futbol
28 iyun, 06:04
Forvard o‘z sahifasida inglizcha va portugal tillarida izoh bilan post qoldirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Neymar Braziliyaning pley-off bosqichiga chiqqani munosabati bilan ikki tilda post qoldirdi
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar jamoasi jahon chempionati 1/16 finaliga chiqqani munosabati bilan ingliz va portugal tillarida post qoldirdi.

Pley-offning ilk o‘yinida braziliyaliklar Yaponiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

«Demak, jahon chempionati guruh bosqichining uchta o‘yini ortda qoldi. 1/16 finalda ko‘rishamiz!» — deb yozdi Neymar o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan JCH-2026 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi g‘olib Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar