Afrikaning bir yo‘la 5 ta davlati milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jumladan, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 1/16 final bosqichida quyidagi milliy milliy jamoalar o‘ynaydi:
Kabo-Verde;
DR Kongo;
Kot-d’Ivuar;
Misr;
Janubiy Afrika Respublikasi.
Shunday qilib, pley-offda o‘ynaydigan to‘qqizta afrika jamoalarining yarmidan ko‘pi ilk bor bunday huquqqa ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kabo-Verde milliy jamoasi uchun bu jahon chempionatidagi debyut hisoblanadi. 1/16 finalda u musobaqaning amaldagi g‘olibi – Argentina milliy jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, ilk bor 48 jamoa ishtirok etayotgan mundial 19 iyulgacha davom etadi.