Live
2
O'zbek

Tramp: «Messi Peledan kuchliroq yagona futbolchi»

Futbol
28 iyun, 08:59
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti 39 yoshli argentinalik futbolchi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tramp: «Messi Peledan kuchliroq yagona futbolchi»
Foto: Getty Images

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 39 yoshli argentinalik futbolchi Lionel Messining o‘yiniga yuqori baho berdi.

«Men uni Peledan ham kuchliroq deya oladigan yagona futbolchi. Messining o‘yinini tomosha qilish yoqimli», — deya Tramp so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Argentina milliy jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, birinchi o‘rindan pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan Lionel Messi ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va gollardan biriga mualliflik qildi.0

Ushbu mundialda Messi 6 ta gol urib ulgurdi. U nafaqat ushbu JCHda, balki mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar