Opta tahliliy portali jahon chempionati-2026 guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha ramziy jamoani tuzdi.
Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde).
Himoyachilar: Marven Senaya (Gana), Pau Kubarsi (Ispaniya), Diney Borjesh (Kabo-Verde), Keito Nakamura (Yaponiya).
Yarimhimoyachilar: Ueston Makkenni (AQSH), Pedro Vite (Ekvador).
Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Vinisius Junior (Braziliya), Kilian Mbappe (Fransiya), Erling Holand (Norvegiya).
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.