«Komo» klubi va Argentina milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi Niko Pas mundialning guruh bosqich oxirgi o‘yinidan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Argentina milliy jamoasi Iordaniyani (3:1) mag‘lub etib, guruhda 100% natija qayd etdi. Futbolchi ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.
«Men uchun jahon chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushish katta sharaf. Bugun boshimdan o‘tkazganlarimni so‘z bilan ifodalab berish qiyin. Jahon chempionatida asosiy tarkibdagi ilk o‘yin va guruh bosqichini yanada yaxshi tarzda yakunlash uchun — g‘alaba. Nima uchun yashayotganimdan doim minnatdorman», — deya Pas so‘zlaridan iqtibos keltirdi Diario AS.
Pas maydonda 61 daqiqa harakat qildi va uzatmalarda yuqori aniqlik ko‘rsatdi (94%), 4 marta to‘pni jamoaga qaytarib olib berdi va 1 marta raqib darvozasiga zarba yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlagan Argentina 1/16 finalda Kabo-Verde bilan ro‘baro‘ keladi.