Shvetsiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich JCH-2026da Fransiyaning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Hammasi ularning o‘yinga qay darajada yondashishiga bog‘liq. Agar ular bor kuchi bilan harakat qilsa, ularni mag‘lub eta oladigan jamoalar juda kam.
Raqib uchun yagona imkoniyat — fransuzlar bo‘shashib, o‘yindan uzilib qolgan payt. Faqat shunday vaziyatdagina ularga qarshi kurashish mumkin.
Fransiya ushbu Jahon chempionatining asosiy favoriti. Ular mutlaqo boshqa darajada», — dedi Ibrahimovich.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya guruh bosqichidagi uchala bahsda ham g‘alaba qozonib, I guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Didye Desham shogirdlari 1/16 finalda aynan Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi.