Live
1
O'zbek

Ispaniya Pino va Uilyamsning jarohatlari haqida xabar berdi

Futbol
28 iyun, 12:38
Futbolchilarning tibbiy ko‘rik natijalari ma’lum bo‘ldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Ispaniya Pino va Uilyamsning jarohatlari haqida xabar berdi
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Urugvayga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan Yeremi Pino va Niko Uilyamsning tibbiy ko‘rik natijalarini oldi.

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining xabar berishicha, Pinoning o‘mrov suyagi sinishi tasdiqlanmagan. Qanot hujumchisida yelka bo‘g‘imi boylamlarining shikastlanishi aniqlangan.

O‘z navbatida, yana bir vinger Niko Uilyamsda raqib bilan qattiq to‘qnashuvdan natijasida o‘ng sonning yaqinlashtiruvchi mushagi shikastlangani aniqlandi.

Federatsiyaning qayd etishicha, ikkala jarohat ham o‘rtacha og‘irlikda. Futbolchilar Ispaniya milliy jamoasi ixtiyorida qoladi va ularning keyingi o‘yinlarda ishtirok etishi haqidagi qaror tiklanish sur’atlariga qarab qabul qilinadi.

Bugungi yangiliklar