Live
2
O'zbek

Janubiy Koreya bosh murabbiyi JCH-2026dan so‘ng iste'foga chiqdi

Futbol
28 iyun, 13:36
Xon Myon Bo muvaffaqiyatsiz natijalar uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Janubiy Koreya bosh murabbiyi JCH-2026dan so‘ng iste'foga chiqdi
Foto: Getty Images

Janubiy Koreya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo JCH-2026 yakunlanganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etishini e'lon qildi.

«Koreya xalqidan chin dildan uzr so‘rayman. Men milliy jamoa bosh murabbiyligidan ketaman. Biroq koreys futboliga bo‘lgan muhabbatim aslo so‘nmaydi. Milliy jamoamiz yana muxlislarning ishonchi va mehrini qozonishi uchun uni chin yurakdan qo‘llab-quvvatlayman.

Milliy jamoa bosh murabbiyi bo‘lish qarorini qabul qilish men uchun oson bo‘lmagan. Mening vazifam zimmamga yuklatilgan mas'uliyatni bajarish edi. Har bir qarorim to‘g‘ri bo‘lganini ayta olmayman. Jahon chempionatida kutgan natijamizga erisha olmadik va buning uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman», — dedi Xon Myon Bo.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya JCH-2026 guruh bosqichida 3 ochko to‘plab, A guruhida uchinchi o‘rinni egalladi va turnirni tark etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Janubiy Koreya Janubiy Koreya
Bugungi yangiliklar