JCH-2026 guruh bosqichi yakuniga yetdi. Turnirning yangi formatiga ko‘ra, 48 ta ishtirokchidan 32 tasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular orasida guruh g‘oliblari, ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi sakkizta milliy jamoa bor.
Agar Jahon chempionati avvalgi 32 jamoali format bo‘yicha o‘tkazilganida, faqat guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar pley-offga yo‘l olardi.
Bunday holatda quyidagi sakkizta jamoa musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlagan bo‘lardi:
Bosniya va Hersegovina
Paragvay
Ekvador
Shvetsiya
Senegal
Jazoir
Kongo DR
Gana
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni yangi jahon chempioni nomi aniqlanadi.