Live
2
O'zbek

Desham Fransiya milliy jamoasi ixtiyoriga qaytdi

Futbol
28 iyun, 13:55
Murabbiy onasining vafoti va dafn marosimi sabab Norvegiya bilan o'yinni o'tkazib yuborgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Desham Fransiya milliy jamoasi ixtiyoriga qaytdi
Foto: Getty Images

Fransiya bosh murabbiyi Didie Desham milliy jamoa ixtiyoriga qaytdi.

Avvalroq 57 yoshli mutaxassis onasining vafoti va shu munosabat bilan o'tkazilgan dafn marosimi sababli Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Norvegiyaga (4:1) qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi.

Fransiya Jahon chempionatining 1/16 finalida Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 30 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Avvalroq Opta superkompyuteri “uchranglilar”ni turnir gʻolibligiga asosiy daʼvogar sifatida koʻrsatgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar