2026 yildagi Jahon chempionati guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchilar ro‘yxatida Kevin de Bruyne va Kilian Mbappe peshqadam bo‘lib turibdi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, Belgiya milliy jamoasi yarim himoyachisi hamda Fransiya hujumchisi 16 tadan zarba berishgan. Uchinchi o‘ringa esa Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi 15 ta zarba bilan joylashgan.
JCH-2026 guruh bosqichida eng ko‘p zarba bergan futbolchilar o‘nligi:
1-2. Kevin de Bruyne (Belgiya) — 16 ta.
1-2. Kilian Mbappe (Fransiya) — 16 ta.
3. Lionel Messi (Argentina) — 15 ta.
4. Kenan Yildiz (Turkiya) — 14 ta.
5-7. Jonatan Devid (Kanada) — 13 ta.
5-7. Harri Keyn (Angliya) — 13 ta.
5-7. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 13 ta.
8-10. Ismaila Sarr (Senegal) — 12 ta.
8-10. Vinisius Junior (Braziliya) — 12 ta.
8-10. Arda Guler (Turkiya) — 12 ta.
Mbappe va de Bruyne — JCH guruh bosqichida eng ko‘p zarba bergan futbolchilar (top-10)
Futbol
28 iyun, 13:30
Messi va Ronaldu ham o‘nlikda bor.
Foto: Getty Images