Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich Joze Mourinyo uni Madridning «Real» klubiga qaytishga taklif qilgan-qilmagani haqidagi savolga javob berdi.
«Mourinyo meni chaqirdimi? Yo‘q, yo‘q (kuladi). Har doimgidek unga omad tilayman. U ajoyib murabbiy, eng yaxshilaridan biri. Men Jozega nisbatan alohida hurmat bilan qarayman», — dedi Modrich.
Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 2012–2025 yillar davomida «Real» sharafini himoya qilgan. Shu davr mobaynida u klub bilan 6 marta UEFA Chempionlar ligasi, 4 marta Ispaniya chempionati, 2 marta Ispaniya kubogi, 5 martadan Ispaniya Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan.
2024 yilda xorvatiyalik futbolchi «Real» bilan Qit'alararo kubokni ham qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumda esa u Italiyaning «Milan» klubida to‘p surdi.