Live
2
O'zbek

Umar Eshmurodov Oʻzbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbol
28 iyun, 14:45
«Endi muxlis sifatida davom etamiz», deb yozib qoldirdi himoyachi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Umar Eshmurodov Oʻzbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: UFA

Umar Eshmurodov Oʻzbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

«Nasaf»ning 33 yoshli himoyachisi bu haqda Instagram sahifasida maʼlum qildi.

«Milliy jamoa — orzu, sharaf, or-nomus, gʻurur...

Endi muxlis sifatida davom etamiz. Olgʻa, Oʻzbekiston!»
— deb yozib qoldirdi futbolchi.

Eshmurodov Oʻzbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatiga chiqishida asosiy himoyachilardan biri edi. U saralashda 8 ta bahsda harakat qilgan edi.

Umarga mundialda oʻynash imkoniyati berilmadi. U uchala oʻyinda ham zaxirada qoldirildi va Avazbek Oʻlmasaliyev hamda Botirali Ergashev bilan bir qatorda maydonga tushmagan uch futbolchidan biri boʻldi. Yaʼni bosh murabbiy Fabio Kannavaro 26 oʻyinchining 23 nafaridan foydalandi.

Umar Eshmurodov - chapdan birinchi
Foto: UFA

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
Bugungi yangiliklar