Live
2
O'zbek

Ronaldo: «Neymar hech narsani isbotlashi shart emas»

Futbol
28 iyun, 14:51
Braziliya afsonasi Neymar milliy jamoa taqdirini yolg‘iz hal qila olishini ta'kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ronaldo: «Neymar hech narsani isbotlashi shart emas»
Foto: Getty Images
29.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya - : - Yaponiya Yaponiya

Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Neymarni milliy jamoaga qaytarish qarorini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

«Albatta, men uning qaytishini qo‘llab-quvvatladim. Buning sababi juda oddiy — Neymar o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi. Hozirgi Braziliyada yakka o‘zi jamoaga g‘alaba keltira oladigan boshqa futbolchini ko‘rmayapman.

Shu sababli, agar bizda undan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, bundan voz kechmasligimiz kerak. U shifokorlardan ruxsat oldi, jismoniy holati yaxshi. Endi esa unga ishonmaganlarning ovozini o‘chirish imkoniyati bor.

Men ham 2002 yilda katta qaytishni boshdan kechirganman. Shu bois Neymarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman», — dedi Ronaldo.

Afsonaviy hujumchi Neymarning asosiy tarkibda maydonga tushishini intiqlik bilan kutayotganini ham yashirmadi.

«Men bundan juda hayajondaman va bu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. 34 yoshida u o‘z iqtidorini isbotlashi shart emas. Ammo uning o‘yini uni allaqachon hisobdan chiqarganlarning barchasini jim qilishiga umid qilaman.

Chunki buyuk sportchining muvaffaqiyatli qaytishini ko‘rishdan-da yoqimliroq narsa yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi Ronaldo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar