Live
2
O'zbek

Mangala futbolchilik faoliyatini yakunladi

Futbol
28 iyun, 13:24
«Manchester Siti» sobiq himoyachisi professional faoliyatiga nuqta qo‘ydi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mangala futbolchilik faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

Fransiyalik himoyachi Elyakim Mangala professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi.

35 yoshli futbolchi bu haqdagi xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

«Faoliyatim davomida turli mamlakatlarda to‘p tepdim, ko‘plab insonlar bilan tanishdim va yangi tillarni o‘rgandim. Bularning barchasi hayotimdagi ajoyib tajribaga aylandi. Men o‘zimni juda omadli inson deb bilaman», — dedi Mangala.

Himoyachi 2014–2019 yillarda «Manchester Siti» safidagi faoliyati orqali keng tanilgan. U «shaharliklar» bilan Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Mangala faoliyati davomida «Portu», «Valensiya», Belgiyaning «Standard» klubi va boshqa jamoalar safida ham to‘p tepgan. Uning so‘nggi klubi Boliviyaning «Oriente Petrolero» jamoasi bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar